O‘zbekiston | 00:17 / 01.06.2020
21848
4 daqiqa o‘qiladi

Qamoqxonalardagi tibbiyot bo‘limlari nima uchun SSV tasarrufiga berilmasligi ma'lum qilindi

Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan brifingda qamoqxonalar va manzil koloniyalaridagi tibbiyot bo‘limlari jazoni ijro etish muassasalariga bo‘ysunishi, bu esa mahkumlar qiynoqqa solinganda yoki ularga nisbatan g‘ayriinsoniy tazyiqlar qo‘llanganda, ma'lumotlarni yashirish imkoni mavjudligi jurnalistlar tomonidan so‘roq ostiga olindi.

IIV boshqarma boshlig‘i Jamshid Sultonov ushbu muassasalardagi tibbiyot bo‘limlari nima uchun SSV tasarrufiga berilmasligi ma'lum qildi.

“Mahkumlarga tibbiy yordam faqat tazyiq o‘tkazilganda ko‘rsatilmaydi. Jazoni ijro etish muassasalaridagi tibbiyot bo‘limlari nega hududiy tibbiyot boshqarmalariga berilmaydi degan savolingizdan kelib chiqmoqchi edim. Birinchidan, jazoni ijro etish muassasasining o‘zi alohida qo‘riqlanadigan obekt hisoblanadi. Ikkinchisi, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar tunu kun o‘sha yerda bo‘ladi. Kechasi yoki zarur holatda tizimning mutaxassisi chaqirilgunicha vaqt yo‘qotilishi mumkin. Shuning uchun mahkumlarga ertayu kech yordam ko‘rsatiladi.

Jamshid Sultonov

Tazyiq o‘tkazilgan holatlar bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, mahkumlarga tan jarohati yetkazilganligi holatlari bo‘yicha zudlik bilan prokuratura organlariga xabar beriladi. Prokuratura organlari tomonidan tezkor tekshiruv guruhlari jalb qilinadi. Jazoni ijro tizimi xodimlariga aloqasi bo‘lmagan xodimlar tomonidan mahkum ekspertizadan o‘tkaziladi. Sog‘lig‘ining holati bo‘yicha ekspertidan o‘tkaziladi. Tan jarohatlari bo‘lsa, ular ekspertizadan o‘tkaziladi. Xulosalar tayyorlanib, prokuratura organlariga topshiriladi.

Kelgusida tergov va boshqa tergov-protsessual harakatlar prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahkumlar tomonidan misol uchun aytadigan bo‘lsak, bir yil davomida 100 ming holatda tibbiyot yordami ko‘rsatilsa, bitta-ikkita holatda tazyiq bilan bog‘liq bo‘lsa, unda prokuratura organlariga berilgan xabar bo‘yicha tezkor guruhlar jalb qilinadi”, deya Jamshid Sultonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV Probatsiya xizmati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ikrom Fozilovning qo‘shimcha qilishicha, yangi tahrirdagi jinoyat ijroiya kodeks loyihasida jazoni ijro etish muassasalar faoliyati ustidan 8ta nazorat turi belgilanayotgani, ularning orasida tibbiy nazorat ham borligini ta'kidladi.

Ikrom Fozilov

“Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, biz kodeks loyihasiga tibbiy nazorat va sanitariya-epidemiologik nazorat turlarini kiritilmoqda. Tibbiy nazorat deyilganida ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sog‘liqni saqlash organlari bevosita kirib, mahkumlarning tibbiy-sanitariya, sog‘liqni saqlash huquqlari qanday ta'minlanayotgani, qanday muammolar yuzaga kelayotganini nazorat qilish imkoniyati berilyapti. Bu masalada yangicha yondashib, inson, mahkum huquqlarini maksimal darajada himoya qiladigan mexanizmlarni kodeksda aks ettirganmiz. Bu yaqinda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi”, deydi Ikrom Fozilov.

“MDH bo‘yicha eng kam mahkum O‘zbekistonda, biroq ma'lumotlar ochiq bo‘lmagani uchun xalqaro reytinglarga kirmaganmiz” – Ombudsman

Ekspert guruhi 20ta qamoqda saqlash joylarida monitoring o‘tkazdi – Ombudsman

2019 yilda 16 kishi qiynoqqa solishda ayblanib qamalgan, ularning aksari IIV va DXX xodimlari – Svetlana Ortiqova

O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha mustaqil qo‘mita tuzilishi rejalashtirilmoqda

Qiynoqqa solingan shaxslarga yetkazilgan zarar qoplanadi – Svetlana Ortiqova

«O‘zbekistonda qiynoqlar oldindan bor, faqat hukumat buni tan olmasdi» – Ombudsman

Qiynoqqa solingan shaxslarga yetkazilgan zarar qoplanadi – Svetlana Ortiqova

IIV tizimidagi qiynoq holatlari qamoqxonalarda emas, balki tergov hibsxonalarida sodir etiladi – Ombudsman

Mavzuga oid