O‘zbekiston | 00:37 / 03.06.2020
6290
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekkino»: 2019 yilda 12 ta multfilmni yaratish uchun 4,4 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘i ajratildi

Ushbu mablag‘ning 76,24 foizi 2019 yilda 9 ta multfilm ishlab chiqargan davlat multimedia studiyasiga, qolgan 23,76 foizi 3 ta multfilm yaratgan xususiy ishlab chiqaruvchilarga ajratilgan.

Foto: tvkinoradio.ru

2019 yilda 12 ta multfilmni yaratish uchun «O‘zbekkino» Milliy agentligiga 4 mlrd 458 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘i ajratilgan. Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati ma'lum qildi

Agentlikning bildirishicha, ushbu mablag‘ning 76,24 foizi (3 mlrd 400 mln so‘m) 2019 yilda 9 ta multfilm ishlab chiqargan davlat multimedia studiyasiga (ularning 4 ta multfilmi  ustidagi ishlar 2020 yilda ham davom etiriladi), qolgan 23,76 foizi (1 mlrd 59 mln so‘m) 3 ta multfilm yaratgan xususiy ishlab chiqaruvchilarga ajratilgan.

“Shu munosabat bilan, "O‘zbekkino" Milliy agentligining 2020 yildagi ilk va muhim qadami film ishlab chiqarish, shu jumladan, animatsion filmlarni yaratishga ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlash tamoyillariga o‘zgartishlar kiritgani bo‘ldi”, deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, 2020 yildan e'tiboran barcha film loyihalari faqat tender asosida ko‘rib chiqiladi. 

“Masalan, joriy yilda "O‘zbekkino" Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash 3 ta multfilm ishlab chiqish uchun qarorni aynan e'lon qilingan tender natijalariga asosan qabul qildi. Ulardan bittasi davlat studiyalari tomonidan, 2 tasi xususiy studiyalar tomonidan suratga olinadigan bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, budjet mablag‘larini xolisona tanlov asosida ko‘rib chiqish va odilona taqsimlash raqobat muhitini yaratadi, pirovardida yaratilayotgan mahsulotlarning darajasi va sifatini oshirishga keng imkoniyat yaratiladi.

Mavzuga oid