Fan-texnika | 17:26 / 04.06.2020
5328
3 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmoq bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar uchun sertifikatlashni yo‘lga qo‘ydi

Foto: Odnoklassniki

Odnoklassniki yangi ish boshlayotgan SMM mutaxassislari uchun biznesni rivojlantirish bo‘yicha bepul o‘quv kursi asosida sertifikatlash dasturini ishga tushirdilar. Ushbu sertifikat ijtimoiy tarmoqning reklama vositalarini bilish, guruhlarni boshqarish va rivojlantirish, kontentni rejalashtirish va auditoriya bilan ishlash qobiliyatini bilish bo‘yicha testni muvaffaqiyatli topshirganlik guvohnomasi bo‘lib xizmat qiladi. 

Rasmiy imtihon natijalariga ko‘ra, maksimal 1020 balldan 820 ball to‘plagan foydalanuvchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladilar. 

SMM-mutaxassislarini sertifikatlash uchun savollar “OK.Biznes” portalining ta'lim qismida mavjud bo‘lgan "Odnoklassnikida biznesni ilgari surish" bepul kursi bazasida ishlab chiqilgan, shuningdek, GeekBrains onlayn-Universitetidagi SMM menejment fakulteti o‘quv rejasining bir qismi hisoblanadi. 

Elektron sertifikatni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rish va potensial ish beruvchilar va mijozlarga namoyish qilish mumkin. Barcha berilgan sertifikatlar ularning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi tartib raqamiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, "Odnoklassniki" bozordagi ijtimoiy tarmoqlarning professional mutaxassislari sonining ko‘payishiga ko‘maklashadi va kompaniyalarga ularning ishlarini OKda imkon qadar samarali bajaradigan odamlarni topishga yordam beradi. Kelgusida OK biznes uchun sertifikatlangan mutaxassislarning alohida katalogini yig‘ishni rejalashtirmoqda. 

Sertifikatlash yangi ish boshlayotgan marketologlar, SMM - mutaxassislari, targetologlar, shuningdek, tadbirkorlar uchun OKdagi guruhlar va sahifalar bilan ishlashda va reklama kompaniyalarini boshqarishda o‘zlarini ishonchli his qilishlari uchun yanada foydali bo‘ladi.

Odnoklassniki o‘z-o‘zini yakkalash davrida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va ijtimoiy tarmoq ichidagi reklama kabinetida sarflangan barcha budjetlarni ikki baravar ko‘paytiruvchi aksiya o‘tkazadi. Bundan tashqari, OK ijtimoiy tarmoqlarda o‘z bizneslarini yuritish bo‘yicha vebinarlar o‘tkazadi, shuningdek foydalanuvchilarga yetakchi federal va mintaqaviy OAVning koronavirus haqidagi maxsus yangiliklar tasmasidan foydalangan holda hozirgi holatlar haqida xabar beradi.  

Mavzuga oid