AQShdagi huquq himoyachilari Trampga qarshi da'vo qo‘zg‘atdi
Huquq himoyachilari o‘z da'volarida Tramp bilan birgalikda bosh prokuror Uilyam Barr va mudofaa vaziri Mark Esperni ham ayblagan.
Amerika fuqarolar erkinliklarini himoya qilish ittifoqi (ACLU) va boshqa tashkilotlar mamlakat prezidenti Donalda Tramp hamda uning ma'muriyatiga qarshi da'vo qo‘zg‘atdi. Ularning ta'kidlashicha, mansabdor shaxslar Vashingtondagi Oq uy oldida namoyishchilarni maxsus vositalar yordamida tarqatish orqali fuqarolarning konstitutsion huquqlarini buzgan.
Dushanba kuni politsiyachilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar yordamida namoyishchilarni Lafayyett parki va Oq uy oldidagi maydondan siqib chiqargandi. Namoyishchilar tarqatilishi bilanoq prezident Tramp yaqin-atrofdagi cherkov oldida suratga tushish uchun maydon orqali o‘tdi. Oq uy atrofidagi hudud hali ham omma uchun yopilgan.
Da'vo Mineapolisda afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyin politsiya zo‘ravonligi hamda irqchilikka qarshi chiqayotgan Black Lives Matter D.C guruhi va alohida shaxslar tomonidan kiritildi.
Huquq himoyachilari o‘z da'volarida Tramp bilan birgalikda bosh prokuror Uilyam Barr va mudofaa vaziri Mark Esperni ham ayblagan.
Barnning ta'kidlashicha, Oq uy atrofidagi xavfsizlik perimetrini kengaytirish uchun namoyishchilarni tarqatishga aynan o‘zi buyruq bergan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024