Jahon | 17:34 / 05.06.2020
6129
2 daqiqa o‘qiladi

Bentley ming nafar ishchisini bo‘shatmoqda

Bentley korxonasi o‘tgan oyda faoliyatini tiklagan, ammo hozirda quvvatining 50 foizidan foydalanmoqda.

Foto: Reuters

Britaniyaning "lyuks" toifasidagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi Bentley kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish maqsadida ish o‘rinlarining chorak qismini qisqartiradi.  

"Biz yetti haftalik to‘xtab turish oqibatidagi yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun barcha imkoniyatlardan foydalandik", - dedi Bentley bosh ijrochi direktori Edrian Xolmark.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bentley inqiroz sababli bu yil zarar ko‘rishi mumkin.

"Biz daromadning 25 foizini yo‘qotib bo‘ldik va ixtiyorimizda atigi yarim yil qoldi. Bu yil sezilarli foyda olish juda qiyin", dedi u.

Kompaniya 4,2 ming ish o‘rnidan mingtasini qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Xolmarkning qayd etishicha, Bentley korxonasi o‘tgan oyda faoliyatini tiklagan, ammo hozirda quvvatining 50 foizidan foydalanmoqda.

Avvalroq Britaniyadagi avtomobil ishlab chiqaruvchi yana bir kompaniya - Aston Martin Lagonda, Lookers avtodileri hamda ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi qator korxonalar ish o‘rinlarini qisqartirishini e'lon qilgandi. 

Mavzuga oid