Jahon | 22:30 / 05.06.2020
4311
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy oldida afroamerikaliklar sharafiga ko‘cha paydo bo‘ldi

AQSh poytaxti Vashingtonda Oq uyga olib boruvchi ko‘chaning bir qismi turli vaqtlarda halok bo‘lgan afroamerikaliklar sharafiga qayta nomlandi. 

Foto: AP Photo/Manuel Balce Ceneta

Shahar meri Myuriyel Bauzer yuzlab odamlar olqishlari ostida bu haqida qaror qabul qilinganini e'lon qilgani va ko‘chaning eski nomi yozilgan taxtacha yangisiga almashtirilgani videosi bilan bo‘lishgan.

“Oq uy oldidagi 16-ko‘chaning bir qismi endi rasman Black Lives Matter (Qora tanlilar hayoti muhim) maydoni deb nomlanadi”, deb yozgan mer tvitterda.

Bauzer, shuningdek, ushbu ko‘chaga sariq rangda katta harflar bilan “Black Lives Matter” deb yozilgani aks etgan video bilan bo‘lishgan. Mer mart oyida uning kvartirasida politsiyachilar tomonidan otib qo‘yilgan, tez yordamning 26 yoshli xodimasi Breonne Teylorni ham eslab o‘tgan.

“Breonna Teylor, sening tug‘ilgan kuning nihoyat Amerikani aslida bo‘lishi kerak bo‘lgan yerga aylantirishga qat'iyat bor”, deb yozgan mer.

Ko‘chaning qayta nomlanishi tadbiriga mahalliy hokimiyat vakillari va mashhur insonlar tashrif buyurgan.

AQShda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya zo‘ravonligi oqibatida vafot etgandan keyin bir haftadan beri ommaviy noroziliklar davom etib kelmoqda. Namoyishlar tartibsizliklar, talonchiliklar va to‘qnashuvlar bilan kechmoqda.

 

Mavzuga oid