O‘zbekiston | 19:05 / 07.06.2020
144341
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 8 soatda O‘zbekistonda yana 121 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Endilikda O‘zbekistonda infeksiyadan zararlanish holatlari soni 4300dan oshdi.

«2020 yil 7 iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4302 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 98 nafar Toshkent shahrida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etilgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha 208ta yangi zararlanish holati qayd etildi va bu kunlik o‘sish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.

Shuningdek, 62 nafar bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3330 nafarga yetdi.

Shifoxonalarda 955 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid