O‘zbekiston | 19:03 / 10.06.2020
11328
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«UNIVERSAL SUG’URTA»: Buxoro va Navoiydagi shamol, Sirdaryodagi suv toshqini zararlari qoplanmoqda

Foto: UNIVERSAL SUG’URTA

Joriy yilning 27 aprelidan 28 apreliga o‘tar kechasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol natijasida qator issiqxona komplekslari va bir necha sug‘urta obektlariga jiddiy zarar yetdi. Bunda «UNIVERSAL SUG’URTA» AJ tomonidan sug‘urta himoyasiga olingan obektlar bo‘yicha umumiy zarar miqdori 336,61 mln so‘mni tashkil qildi.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar natijasida hududdagi umumiy holat, zararlanish xarakteri o‘rganildi va zarar ko‘rgan barcha sug‘urta obektlariga, sug‘urta to‘lovlarini qoplash qiymati 141,83 mln so‘mni tashkil qildi.

1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida damba o‘pirilishi natijasida «UNIVERSAL SUG’URTA» AJ tomonidan sug‘urta himoyasiga olingan, aholi turar uy-joy binosiga qisman zarar yetgan bo‘lib, umumiy yetkazilgan zarar miqdori 20,48 mln so‘m ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Bu yerda ham hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, joydagi umumiy holat, zararlanish xarakteri o‘rganib chiqildi va sug‘urta obektiga yetgan zarar bo‘yicha sug‘urta qoplamasi miqdori 100 % (foizni), ya'ni  20,48 mln so‘mni tashkil qildi.

Umuman olganda, 2020 yilning I choragida «UNIVERSAL SUG’URTA» AJ tomonidan sug‘urta holatlari bo‘yicha 200 dan ortiq murojaatlar o‘rganildi va jami sug‘urta qoplamalar miqdori 1 536,40 mln so‘mni tashkil qildi. Bundan 1 086,40 mln so‘m ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha va 450,00 mln so‘m majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid