O‘zbekiston | 17:14 / 12.06.2020
5142
2 daqiqa o‘qiladi

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasida havolaki normalar kamaytirilishi aytildi

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasida havolaki normalar haddan tashqari ko‘p ekani haqidagi e'tirozlarga javoban jamoatchilik fikrlari asosida o‘zgartiriladigan loyihada bunday normalar kamaytirilishi aytildi.

Bahrom Qo‘chqorov

««Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasidagi havolaki normalarni imkon qadar kamaytiramiz. Lekin shunday qonunlar, normalar bor, uni biz to‘liq qilolmaymiz. Buni biz inkor qilmasligimiz kerak. Bu bitta bizda emas, boshqa davlatlarda ham shunday tajriba bor. Ya'ni to‘liq tartibga solishga imkon qadar harakat qilinadi.

Hozir muhokamada chiqqan savollar bo‘yicha. Ya'ni davlatning har bir xizmatchisiga qo‘llaniladigan mezonlar bor. Buni hammasini bu yerda yozib chiqa olmaymizku. Imkoniyatimiz ham bo‘lmaydi-da. Bu qonunni qo‘llashda qiyinchilikni keltirib chiqaradi. Lekin bu qonunning mavzusi bo‘lmagan masalalar boshqa qonunchilikka havola etilgan. Agar shu qonunning mavzusi bo‘lsa, uni yoritib berishimiz kerak», deya adliya vaziri o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov

Eslatib o‘tamiz, 1 iyuldan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va kuchga kiradi.

Yil boshida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ma'ruza qilgan Shavkat Mirziyoyev qonun hujjatlaridagi havolaki normalarni kamaytirish, ularning o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qoidalar belgilashni tavsiya qilgan edi.

Mavzuga oid