O‘zbekiston | 00:54 / 13.06.2020
10836
4 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryodagi toshqindan eng ko‘p Oqoltin tumanidagi ekinzorlar zarar ko‘rgani ma'lum bo‘ldi

Dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha, «Sardoba» suv toshqinidan zarar ko‘rgan umumiy ekinzorlar maydoni 19 592 gektarni tashkil etadi. Shundan 5 361 gektar Sardoba, 8 723 gektar Oqoltin, 5 508 gektar esa Mirzaobod tumaniga to‘g‘ri keladi.

Foto: FVV

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 3ta tumanda 127 gektar hosilli bog‘lar ham zarar ko‘rgan. Shundan 34 gektari Mirzaobod tumani, 54 gektari Oqoltin tumani, 39 gektari Sardoba tumani hududida joylashgan.

Ma'lum qilinishicha, ofatdan zarar ko‘rgan g‘alla maydonlarining 3 958 gektari, paxtaning 7 623 gektari, boshqa ekinlarning 3 932 gektari buzilib, 3 260 gektar chigit, 9 027 gektar dukkakli, 1 570 gektar sabzavot-poliz ekinlari qaytadan ekilgan.

Zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash uchun 421 ta texnika, 200 ta ko‘chma nasos, 940 nafar ishchi kuchi, 5 nafar bosh pudratchi, 7 ta sub pudrat tashkilotlari jalb etilgan.

Natijada 1 656 gektar maydonning meliorativ holati yaxshilangan.

«Bugungi kunda uchta tumanda 4 111 gektar maydonga chigit, 134,5 gektar mosh, 38 gektar poliz va 31 gektar boshqa ekinlar ekildi.

Qo‘shimcha 4 253 gektar maydonga barcha tumanlarda chigit ekildi.

Talofat ko‘rgan g‘o‘za maydonlarining 2 054 gektar (21%), g‘alla maydonlarining 2 026 gektarida buzilmasdan agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatda 69 ming gektar (95%) maydonda g‘o‘za qator orasiga birinchi ishlov berildi.

Buning uchun 255 ta yuqori unumli traktorlar, 131 ta yer tekislagichlar, 168 ta chizel, 104 ta borana, 46 ta chigit ekish seyalkalari - jami 433 ta agregat jalb etildi. Kultivatorchi mexanizatorlar, 33 730 nafar ishchi pudratchi dala ishlariga jalb qilindi.

Talofat ko‘rgan tumanlarda tijorat banklari tomonidan berilgan kredit hisobidan amalga oshirilayotgan 42 ta loyiha qaytadan ko‘rib chiqilib, ko‘rilgan zararni sug‘urta hisobidan qoplab berilishi hisob-kitob qilinmoqda», - dedi Nigora Xo‘jayeva.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 14 aprelida prezident topshirig‘iga asosan boshoqli don ekinlaridan olinadigan hosil 20 sentnerga oshirilib, jami ishlab chiqarish 604,4 ming tonna, davlatga sotish 208,0 ming tonna rejalashtirilgan.

Talofat natijasida 3 958 ga g‘alla maydonlarida 9 666 tonna davlat xaridi uchun sotilishi belgilangan boshoqli donga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bekor qilish hamda Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida jami 22 437 tonna yalpi g‘alla ishlab chiqarish rejasi miqdorini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Shuningdek, ishchi guruhlar joylarda «Har bir oila – tadbirkor» tamoyili asosida har bir xonadonda chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik va asalarichilikni yo‘lga qo‘yish hamda yengil konstruksiyali issiqxonalarni qurish uchun tijorat banklari biriktirilib, kredit berish yo‘lga qo‘yiladi.

Barcha tumanlarda I-bosqichda qo‘shimcha chigit ekish rejalashtirilgan 4 253 gektar maydonga 14 may kuni, II-bosqichda 4 267 gektar maydonlarga chigit ekish ishlari 25 may kuni to‘liq yakunlandi.

G‘o‘za maydonlarini chopiq qilish uchun 36 907 nafar ishchi pudratchi ishga jalb qilindi va 177 979 gektar (245,3%) maydonda chopiq ishlari amalga oshirildi.

Jami 3 416 gektar buzib qayta ekiladigan maydonlarda chigit ekishga 102 tonna urug‘lik chigit va 294 tonna yoqilg‘i moylash mahsulotlari talabi hisob-kitob qilinib, tegishli idoralarga taqdim etildi.

Mavzuga oid