Tramp AQShning yangi gipertovushli raketasi haqida ma'lumot berdi
Pentagon avvalroq AQSh gipertovushli qurol yaratish borasida Rossiya va Xitoydan ortda qolayotganini bildirgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning yangi gipertovushli raketalari diametri 70 santimetrli nishonni 1600 kilometr masofadan urishi mumkinligini aytdi.
"Biz yuzlab yangi kemalar, bombardimonchilar, reaktiv qiruvchilar va vertolyotlar, yangi tanklar, harbiy sun'iy yo‘ldoshlar, reaktiv raketalar, hatto dunyodagi eng tezuchar raketadan 17 baravar tez harakatlanuvchi va nishonni markaziy nuqtadan 14 dyuym atrofida (35 santimetr) 1000 mil (1600 kilometr) masofadan uruvchi gipertovushli raketani qurmoqdamiz", - dedi Tramp Vest Poynt harbiy akademiyasi bitiruvchilari oldida qilgan chiqishi chog‘ida.
AQSh prezidenti bu raketa qachon tayyor bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
Pentagon avvalroq AQSh gipertovushli qurol yaratish borasida Rossiya va Xitoydan ortda qolayotganini bildirgandi.
Ma'lumot uchun, Lockheed Martin korporatsiyasi AQSh harbiy-havo kuchlari uchun yangi ARRW raketasini ishlab chiqish maqsadiga 988,8 million dollar olgan bo‘lib, raketani ishlab chiqish Orlando shahrida boshlanadi va 2022 yil 31 dekabrda nihoyasiga yetishi lozim.