Fan-texnika | 23:19 / 18.06.2020
9468
1 daqiqa o‘qiladi

AirPods quloqchini foydalanuvchining qulog‘ida paqillab ketdi

Xitoylik yigit telefon orqali suhbatlashayotganda AirPods quloqchini uning qulog‘ida paqillab ketgan. Apple kompaniyasi jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘lashga va'da bergan. 

Foto: pixabay.com

GizmoChina portalining xabar berishicha, voqea Chjenchjouda yashovchi 23 yoshli yigit bilan 19 may kuni yuz bergan. Biroq bu haqida endigina ma'lum qilingan. 

Jabrlanuvchining ta'kidlashicha, u telefonda gaplashayotganida o‘ng qulog‘idagi quloqchin paqillab ketgan. Yigit yallig‘lanishga qarshi dori vositalari yordamida davolangan. Shifokorlar uning qulog‘ida qon ketishi izlarini topishgan. Voqeadan keyin yigit eshitishida muammolar his qilayotganidan arz qilgan. 

Yigit quloqchinni Apple’ning hamkor do‘konlaridan birida xarid qilgan. Quloqchin Apple kompaniyasi vakillariga uning nosozligi sababini aniqlash uchun jo‘natilgan.
 
Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchiga mahalliy qonunlarga ko‘ra kompensatsiya to‘lanishi kerak.

Mavzuga oid