Jorj Floydning o‘limidan so‘ng PepsiCo va Mars o‘z mahsulotlari logotipini o‘zgartirmoqchi
PepsiCo shuningdek, afroamerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil davomida 400 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratishini e'lon qildi.
PepsiCo korporatsiyasi o‘zining Aunt Jemima - nonushta uchun mo‘ljallangan mahsuloti logotipini o‘zgartirmoqchi.
Ushbu mahsulot logotipida XIX asr oxirlarida oq tanli amerikaliklar uyushtirgan tomoshalarda aytilgan qo‘shiq qahramoni, afroamerikalik Jyemayma xola tasvirlangan. Jyemayma xola tasvirlangan logotip oq tanlilar oilasidagi qora tanli xizmatkorni ifodalaydigan haqorat hisoblanadi.
Mars Inc esa texaslik fermer qo‘lida ishlagan afroamerikalik tasvirlangan Uncle Ben's mahsuloti logotipini o‘zgartirishini ma'lum qildi.
Keyingi haftalarda Minneapolisda politsiya qo‘lga olayotganda halok bo‘lgan Jorj Floydning o‘limidan so‘ng irqchilikka qarshi namoyishlar fonida ijtimoiy tarmoqlarda brendlar tez-tez muhokama qilinmoqda.
PepsiCo shuningdek, afroamerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil davomida 400 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratishini e'lon qildi.
Mars Inc esa irqchilikka barham berishni o‘z majburiyati deb hisoblashini ta'kidladi.
Mavzuga oid
18:42 / 12.12.2024
Qarsildoq vafli bilan sevimli ta’m: Mars'ning yangi mahsuloti bilan tanishing!
16:58 / 27.01.2024
Xayriya konserti: musiqa, ezgu amal va umid
17:00 / 02.10.2023
"International Beverages Tashkent" kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha ustozlarni bayram bilan tabrikladi
10:23 / 03.11.2022