Iqtisodiyot | 16:38 / 18.06.2020
6228
4 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston qarz darajasi barqaror, uni boshqarish jihatidan xavflar mavjud emas» – Osiyo taraqqiyot banki

«Munozara klubi»ning ilk yig‘ilishida Osiyo taraqqiyot bankining bosh iqtisodchisi Rajyesh Vasudevan O‘zbekiston davlat tashqi qarzi masalasi borasidagi uchta sharhni keltirdi.

«Birinchidan, taqdimotlar va munozaralardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston hukumati davlat qarzi sohasidagi siyosatni juda ehtiyotkorlik bilan olib borgan hamda past darajadagi tashqi qarz va shu bilan birga katta valuta zaxiralariga ega.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, tashqi qarzning katta qismi asosan imtiyozli kreditlar asosida, juda past foiz stavkalari va uzoq muddatga - 10 yilgacha yoki undan ortiq muddatga jalb qilingan. Qarz manbalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekiston diversifikatsiyalangan davlat qarz portfeliga ega, Xalqaro moliya institutlaridan mablag‘lar 33 foizni tashkil qilsa, ikki tomonlama kreditlar bo‘yicha qarzi 23 foiz, davlat ichki qarzi qariyb 29 foiz va 5 foizi yevrobondlar ulushiga to‘g‘ri keladi», dedi Rajyesh Vasudevan.

U keltirgan ikkinchi sharh koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan noaniqlik vaziyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy salbiy ta'siri bilan bog‘liq.

«Covid-19 pandemiyasi keng miqyosdagi noaniqlikni keltirib chiqargan. Ya'ni hukumatlardan yangi choralarni talab qiluvchi, virus tarqalishining ikkinchi oqimi yuzaga keladimi? Zero joriy vaziyatda ham pandemiya nafaqat mintaqada, balki butun dunyo miqyosida salbiy makroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy salbiy ta'sir ko‘rsatdi.

O‘zbekistonga kelsak, Xalqaro valuta jamg‘armasining prognozlari asosan Covid-19 pandemiyasidan oldingi yil oxiriga qadar 6 foiz o‘sishdan 1,5 foizgacha pasaytirildi. Budjet daromadlarining kamayishi, yordam va ijtimoiy xarajatlarning oshishi, shuningdek, davriy moliyalashtirish natijasida taxminan 2,3 milliard budjet taqchilligi yuzaga kelishi prognoz qilinmoqda. Bu YaIMning 5,6 foizini tashkil etadi.

Ushbu o‘rinda Osiyo taraqqiyot banki va boshqa rivojlanish bo‘yicha hamkorlardan moliyaviy kamomadni to‘ldirish uchun yordam olinishi ko‘zda tutilgan. Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon bankining qarzlar barqarorligi bo‘yicha tahlillari singari, biz ham o‘z ichki baholashlarimizni o‘tkazdik va umumiy natijalar qarz darajasi barqaror bo‘lishi, uni boshqarish jihatidan xavflar mavjud emasligini ko‘rsatdi», dedi Osiyo taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi.

Rajyesh Vasudevan gloabal iqtisodiy noaniqlikka qaramay, O‘zbekiston hukumati tomonidan barcha javob choralari amalga oshirilyapti deb hisoblaydi.

«Uchinchi fikrga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘ylashimcha iqtisodiy noaniqlik natijasida hukumatning qator rejalariga o‘zgarishlar kiritildi. Global noaniqlikka qaramay, barcha javob choralari amalga oshirilmoqda. Asosan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun hukumat tomonidan kelajakda rejalashtirilgan emissiyalardan ham yaxshi natijalar kutish mumkin.

Shu bilan birga, bu korporativ sektor hamda boshqa tanlangan davlat korxonalari uchun benchmark bo‘lib xizmat qiladi. Qarzlarni boshqarish va makroiqtisodiy siyosat o‘rtasida juda yaqin muvofiqlashtirish, davlat investitsiyalarini boshqarish jarayonlariga ustuvorlik berish, loyihalar qanday amalga oshirilishini ko‘rib chiqish - bularning barchasi qarzlarni boshqarishning institutsional jihatlarini belgilash uchun bir xil darajada muhim.

Shu sababli menda bitta asosiy savol paydo bo‘lmoqda. Bu - Covid-19 pandemiyasining qay darajada tarqalishi va global muhitga qanday ta'sir qilishi, o‘zgarishlarga olib kelishi. Ushbu tahlillar orqali savollarga javob berilishi natijalaringizga qanday ta'sir qilganini aniqroq ko‘ra bilish imkonini beradi», - dedi Rajyesh Vasudevan.

Mavzuga oid