Jahon | 17:31 / 19.06.2020
3003
1 daqiqa o‘qiladi

T-Mobile va AT&T ish o‘rinlarini qisqartirmoqda 

AT&T yaqin haftalarda 3,4 mingdan ortiq ish o‘rnini qisqartirmoqchi. Bunga do‘konlarning yopilishi natijasida qisqaradigan yuzlab ish o‘rinlari kirmaydi.

Amerikaning T-Mobile US aloqa operatori ish o‘rinlarini rejalashtirilganidan ko‘ra tezroq qisqartirishni boshladi.

Kompaniya necha kishini ishdan bo‘shatishini ma'lum qilmadi. 2019 yil oxirida kompaniyada 53 ming kishi ishlayotgandi.  

Shu bilan birga, T-Mobile bosh ijrochi direktori Mayk Sivert kompaniya yangi vakansiyalarga 5 ming xodimni yollashni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

T-Mobile’ning raqobatchisi AT&T Inc xarajatlarni qisqartirish choralari doirasida bir necha ming ishchisini bo‘shatish rejasini taqdim etdi.

AT&T yaqin haftalarda 3,4 mingdan ortiq ish o‘rnini qisqartirmoqchi, deb yozadi The Wall Street Journal. Bunga do‘konlarning yopilishi natijasida qisqaradigan yuzlab ish o‘rinlari kirmaydi. Kompaniya koronavirus pandemiyasi fonida onlayn-savdoga o‘tishni tezlashtirib, do‘konlarini yopmoqda.

Mavzuga oid