O‘zbekiston | 08:12 / 23.06.2020
5977
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarga imtihon geomanzilini ko‘rsatib beruvchi maxsus mobil ilova ishlab chiqildi

Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor bo‘lib, Google Play platformasiga joylashtirilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzilini ko‘rsatib beradigan ImtihonGo nomli maxsus mobil ilova yaratildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, ImtihonGo mobil ilovasi Davlat test markazi tomonidan e'lon qilingan 2020-2021 o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda shu manzillar ilovaga kiritilgan. 

Ilova mualliflari TATU magistri G‘. Nazarov hamda “Radio va mobil aloqa” fakulteti talabasi H. Baxtiyorovdir.

- Har bir yaratilgan dastur yoki startap qandaydir ma'noda insonlarning og‘irini yengil qilishi, ortiqcha vaqt, xarajatdan forig‘ bo‘lishiga yordam berishi kerak. Biz ham ImtihonGo mobil ilovasi orqali mamlakatimizdagi minglab abituriyentlarni yaqin oylarda bo‘lishi kutilayotgan test sinovlarini topshirishda ortiqcha qiyinchiliklarsiz, kerakli manzilga tez va aniq yetib borishda ko‘mak bermoqchimiz, – deydi loyiha muallifi G‘. Nazarov.

Ilovaga oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati hamda geomanzillari to‘liq kiritilgan. 

Agarda biror sabablarga ko‘ra DTM tomonidan ko‘rsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, o‘zgartirishlari tezda qo‘shish va bu o‘zgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.

Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor bo‘lib, Google Play platformasiga joylashtirilgan.

Mavzuga oid