Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimdan ozod etildi. U koronavirusga chalingan
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.
«Mamlakat rahbarining farmoni bilan Yeljan Birtanov Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod qilindi», deyiladi xabarda.
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Maminning aytishicha, Birtanov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olingan. Koronavirusga chalingan vazir qo‘shimcha davolanishga muhtojligini va bu esa vazir sifatidagi vazifalarini bajarishiga imkon bermasligini nazarda tutib iste'foga chiqishga qaror qilgan.
1971 yilda tug‘ilgan Birtanov Olmaota davlat tibbiyot institutini bitirganidan so‘ng AQShdagi Arizona tibbiyot universiteti, Rossiya tibbiyot akademiyasi, Germaniyadagi Sharite universiteti klinikasi, «Turan» universiteti, AQShning Duke University, Fuqua School of Business va Global Executive MBA magistraturasida tahsil olgan.
U 2017 yildan beri Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Ungacha sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, o‘z vaqtida «Milliy tibbiy holding» AJni boshqargan.
Yeljan Birtanovning o‘rniga uning o‘rinbosari Aleksey Tsoy egalladi. 2019 yildan prezident devoni qoshidagi tibbiy markazni boshqarib kelgan Tsoy 22 iyun kuni vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cho‘lponboyev lavozimidan ozod etilgandi, May oyi boshida esa Tojikistonda ham sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketdi.
Mavzuga oid
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024