1,6 milliard so‘mlik avtomobil shinalarini noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan tovarlar “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona postida xolislar va ishonchli vakil fuqaro M.O. ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida, olib kelingan yuklar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 1,6 milliard so‘mlik 5662 dona avtomobil shinalari borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Hujjatlardan yashirilgan shinalarga 791,7 million so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblandi”, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:07
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
08:15 / 23.12.2024
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
19:33 / 05.12.2024