Jamiyat | 16:43 / 29.06.2020
3719
2 daqiqa o‘qiladi

Ijodiy imtihonlarni o‘tkazish hududini OTM rektorlari belgilaydi – vazirlik

Pandemiya sharoiti tufayli ijodiy imtihonlarni qayerda o‘tkazishni hal qilish har bir oliy ta'lim muassasasi rektori vakolatiga berilgan.

Bugun, 29 iyun kuni Milliy matbuot markazida oliy ta'lim masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ijodiy imtihonlar o‘tkazilishi uchun joylar qanday tanlanishi haqida ma'lumot berildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Holiqovning aytishicha, pandemiya sharoiti tufayli ijodiy imtihonlarni qayerda o‘tkazishni hal qilish har bir OTM rektorlarining vakolatiga berilgan.

«Oliy ta'lim muassasalarii hujjat topshirgan abituriyentlar tarkibi va ularning yashash hududini o‘rganib chiqib, tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda ijodiy imtihon topshirish joyini belgilaydi.

Masalan, Madaniyat va san'at instituti Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda vaziyatni tahlil qiladi va abituriyentlar uchun imtihon o‘tkazish joyini belgilaydi», deya ta'kidladi vazirlik vakili.

Shuningdek, o‘tgan yili OTMga hujjatining aslini topshirgan, biroq talaba bo‘la olmagan abituriyentlar hujjatlarini qaytarib olish uchun o‘sha OTMda tashkil etilgan call-markaz’ga qo‘ng‘iroq qilishi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari uchun test topshiradigan abituriyentlarda imtihon topshirish hududini tanlash imkoni bor. Respublika bo‘yicha jami 64ta bino kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan

Mavzuga oid