Jamiyat | 09:50 / 04.07.2020
7590
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda omborxona mudiri o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Jinoyat ishi bo‘yicha jami zararning 90 000 000 so‘mi qoplangan. 

Mirobod tumani Yangizamon ko‘chasida joylashgan MChJ omborxona mudiri lavozimida faoliyat olib borgan 39 yoshli X.R., korxona tomonidan 2019 yil 1 oktyabr kunidan 2020 yilning 1 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, rangli metall – «Latun»dan ishlab chiqarilgan jami bahosi 116 801 993 so‘mlik 14 turdagi mahsulotlarni davomiy ravishda o‘g‘irlab, ularni sotib pullarni o‘z ehtiyojiga sarflagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov davomida X.R. JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatga 34 yoshli S.Ya. aloqadorligi aniqlanib, u ham gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha jami zararning 90 000 000 so‘mi qoplangan. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid