Turkmaniston prezidenti hukumat faoliyatiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazib, qator amaldorlarni ishdan oldi
Joriy yilning 3 iyul kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov hukumatning olti oylik faoliyatiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda joriy yilning olti oyi davomida iqtisodiy kompleks tarmoqlarini rivojlantirish yakunlari sarhisob qilindi, tegishli hisobotlar tinglandi va bajarilgan ishlar baholandi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishi muhokama qilindi, yilning ikkinchi yarmidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi va kadrlar masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, Berdimuhammedovning farmoni bilan Bahorgul Abdiyeva boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Turkmaniston rahbari Mehrijamol Mamedovani hukumatda madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohasidagi faoliyatini nazorat qiluvchi bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi.
Arslon Ashirov Televideniye, radioeshittirish va kinematografiya davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar A. Ashirov Turkmaniston davlat axborot agentligi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Televideniye, radioeshittirish va kinematografiya davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Nurmamet Garliyev ishidagi jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Turkmaniston prezidentining farmoniga ko‘ra, Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhammadkeldi Sardorov Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi.
Vazirlikning sobiq rahbari Azizgeldi Annamuhammedov boshqa ishga o‘tganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Botir Omonov «Turkmanboshi» neftni qayta ishlash kompleksi bosh direktori lavozimidan ozod qilindi va Turkmanistonning Davlat vaziri - Türkmengaz davlat konserni raisi etib tayinlandi.
Ushbu lavozimda bo‘lgan Murod Archayev yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun ishdan bo‘shatildi.
Bundan tashqari, Merdan Ro‘ziyev Türkmengeologiýa davlat korporatsiyasi raisi etib tayinlandi. Bu tayinlovga qadar u Türkmengeologiýa davlat korporatsiyasi raisining burg‘i ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Davlat korporatsiyasining sobiq rahbari boshqa ishga o‘tganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Turkmaniston prezidentining farmoni bilan Gulmurod Og‘amurodov sport va yoshlar siyosati vaziri etib tayinlandi. Ilgari u ushbu vazirlik rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Orazgeldi Gurbanov ta'lim vaziri etib tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar u Seyitnazar Seydi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika instituti rektori bo‘lib ishlagan.
Vazirlikning sobiq rahbari Mammetmirat Geldiniyozov boshqa ishga o‘tganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Turkmaniston prezidenti hukumat a'zolariga 7 iyuldan 5 avgustga qadar mehnat ta'tiliga chiqishga hamda mamlakat hududida dam olishga ruxsat berdi. Viloyat hokimlari ishlashda davom etadi.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024