«Formula-1»ning yangi mavsumdagi ilk bosqichida Valtteri Bottas g‘alaba qozondi
“Formula-1”ning joriy mavsumdagi ilk bosqichi – Avstriya gran-prisida Mercedes jamoasi a'zosi Valtteri Bottas g‘alaba qozondi. Finlyandiyalik poygachi faoliyatidagi 8-bosqichda zafar quchdi. U saralash bosqichida ham eng yaxshi natijani ko‘rsatgan edi.
2-o‘rinni Ferrari a'zosi Sharl Lekler, 3-o‘rinni McLaren poygachisi Lando Norris egallagan.
Amaldagi chempion, Mercedes’ning yana bir a'zosi Lyuis Hemilton aslida poygada marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tgan, biroq 5 soniyalik jarima sababli 4-o‘ringa tushib ketgan.
Umumiy jadvalda Bottas 25 ochko bilan 1-o‘rinni egallamoqda. Keyingi o‘rinlarni Lekler (18 ochko), Norris (16) va Hemilton (12) egallamoqda.
Poyga oldidan 6 poygachi qolgan ishtirokchilar bilan bir qatorda irqchilikka qarshi Black Lives Matter harakatini qo‘llab-quvvatlash ifodasi sifatida tiz cho‘kishni istamagan.
Avstriya bosqichi koronavirus pandemiyasi sababli boshlanishi 4 oyga kechikkan “Formula-1”ning joriy mavsumidagi ilk bosqichi bo‘ldi. U tomoshabinlarsiz o‘tgan. Poygalarning navbatdagi bosqichi ham shu yerda - Shpilberg trassasida 10-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:23 / 12.12.2021