O‘zbekiston | 17:01 / 06.07.2020
96973
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus Farg‘onaga qaytdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 141 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 6 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 264ta yangi zararlanish holati qayd etildi.

Shu vaqtgacha 6584 bemor kasallikdan tuzalib chiqqan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3664 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 25 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

  • Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatida mart oyidan buyon 158ta kasallanish holati qayd etilgan, bemorlarning so‘nggisi 14 may kuni tuzalib chiqqan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.
  • Ushbu viloyat iyun oyining ikkinchi yarmidan buyon respublikada koronavirusdan xoli bo‘lgan yagona hudud bo‘lib kelayotgandi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hudud qolmadi.

Mavzuga oid