Fan-texnika | 13:41 / 08.07.2020
5166
6 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki neyron tarmoqlari yordamida kontentni qayta ishlash bo‘yicha biznes platformasini ishga tushirdi

Foto: Odnoklassniki

Robbi platformasining birinchi mijozi "Kvadrat metr" («VTB» Guruhi loyihasi) bo‘ldi. 

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i Robbi - neyron tarmoqlari va big data texnologiyalariga asoslangan kontentni tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan platformani taqdim etdi.

Ijtimoiy tarmoq jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan platforma qo‘shimcha xodimlarni jalb qilmasdan kontentni qayta ishlash jarayonlarini yaratishga yordam beradi. Robbi, birinchi navbatda, onlayn savdo sohasidagi bizneslar, foydalanuvchi kontentiga ega manbalar, mahsulot ishlab chiqaruvchilar, yetkazib berish xizmatlari va boshqa kompaniyalar uchun foydali bo‘ladi. Masalan, onlayn-do‘konlar Robbi yordamida mahsulotlar haqidagi mijozlar sharhlarini avtomatik ravishda qayta ishlashi, video-xizmatlarda video va strimlarda taqiqlangan kontent va ​​reklamalarni aniqlashi, mediada o‘quvchilarning sharhlari bilan ishlashni optimallashtirishi mumkin. 

Robbi kompyuterda ko‘rish texnologiyasidan foydalangan holda fotosuratlar, videolar va GIF-animatsiyalardagi obektlarni aniqlaydi, suratlardagi takrorlanishlar, havolalar, tasvirlardagi telefon raqamlarini taniydi, matnlarda spamni topadi, jumlalar va dialoglar kontekstini belgilaydi. Robbi platformasining arxitekturasi butun ishlov berish jarayonini rekord vaqt ichida - kuniga 600 million donadan ortiq kontentni bajarishga imkon beradi. Ba'zi hollarda, maxsus vazifalarni bajarish uchun OK guruhini qo‘lda moderatsiya qilish yoki “OK Moderatori" ilovasi orqali kraudsoursing ulanadi, bunda foydalanuvchilar kuniga 6 milliongacha rasmlarni belgilaydilar va tasniflaydilar.

Robbi API orqali ishlaydi, bu kontentni tezda qayta ishlash va tasniflash, mijozga zarur bo‘lgan mezonlar bilan 50 millisoniya tezlikda qaytarish imkonini beradi. Xizmat yirik bizneslar uchun ham, kichik kompaniyalar uchun ham mos keladi: platformadan foydalangan holda kontentni qayta ishlash narxi oyiga 10 ming rubldan.

Platformaning imkoniyatlari Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida va Mail.ru Groupning boshqa loyihalarida kontent bilan ishlashda sinovdan o‘tkazildi. Xususan, OK texnologiyasi “Yula” e'lonlar xizmatiga e'lonlarni moderatsiyalashda yordam beradi, myTarget platformasi uchun reklama moderatsiyasini amalga oshiradi, “Citimobil” taksi xizmati uchun esa avtomobillarning holatini foto nazorat qiladi.

Robbining birinchi tashqi mijozi “Kvadrat metr” (VTB Guruhi loyihasi) ko‘chmas mulk ekotizimi edi. Robbi ekotizimdan qo‘shimcha xodimlar ishtirokisiz “Kvadrat metr” ko‘chmas mulk katalogi kontentini tahlil qiladi: takroriy e'lonlarni, spamni, fotosuratlardagi ta'qiqlangan elementlarni olib tashlaydi. Shunday qilib, ko‘chmas mulk katalogidagi barcha nashrlar tezda yangilanadi va faqat real obektlarni o‘z ichiga oladi. Bu e'lonning yuqori sifati tufayli kontentni saqlash xarajatlarini kamaytirish va mijozlarning sadoqatini oshirish imkonini beradi. 

Anton Fedchin, "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i rahbari:

- Biz uzoq vaqtlardan beri turli xil ijtimoiy tarmoq xizmatlarida neyron tarmoqlardan foydalanib kelamiz va ushbu texnologiyalarni nafaqat o‘z mahsulotlarimizga, balki Mail.ru Groupning boshqa loyihalariga qanday qilib samarali ravishda tarqatishni ham o‘rgandik. Robbi platformasi - bu yo‘nalishdagi navbatdagi qadamdir: endi bizning tajribamiz va texnologiyalarimiz tashqi mijozlar uchun ham mavjud. Ma'lumotlarga ishlov berishni avtomatlashtirish ko‘plab jarayonlarni tezlashtirish va mijozlar uchun yuqori sifatli mahsulotlarga erishish imkonini beradigan muhim yo‘nalishdir. Bizning platformamiz korxonalarga bunga tez va ishlab chiqishda qo‘shimcha manbalarsiz erishishga yordam beradi.

Vyacheslav Dusaleyev, "Kvadrat metr" ko‘chmas mulk ekotizimi bosh direktori:

- "Kvadrat metr" ochiq platformasi va Robbi API yordamida birlashtirilgan. Hamkorligimizning maqsadi bizning platformamizda ko‘chmas mulkni qidirish sifatini yaxshilashdir. Bizning kontentimiz tezda yangilanadi va Robbi takroriy e'lonlar va fotosuratlardagi ta'qiqlangan elementlarni o‘chirib, uning ahamiyatini va sifatini saqlab qolishga yordam beradi. Bularning barchasi "Kvadrat metr" ekotizim mijozida ishonchni va tizimda qulayliklarni oshiradi. Bundan tashqari, ishlab chiqishga moslashuvchan yondashish va texnologiyalarimizning shunga o‘xshash yondoshuvlari bizga kontentni moderatsiya qilishni avval rejalashtirganimiz kabi bir yil davomida emas, balki bir necha oy ichida boshlashimizga imkon berdi.

Aleksey Sennikov, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining Robbi loyihasi rahbari:

- Odatda, kompaniyalar mashinaviy ta'lim algoritmlaridan foydalangan holda ma'lumotlarni qayta ishlash uchun yetarli manba va ekspertizaga ega emaslar. Robbi xarajatlarni kamaytirishga va har qanday kontentni moderatsiyalash va tasniflash nuqtai nazaridan ishni optimallashtirishga yordam beradigan tayyor yechimlarga ega. Kirishning qulayligi sababli, kichik va o‘rta biznes platformadan foydalanishi mumkin, katta mijozlarga esa Robbi ko‘plab biznes jarayonlarini optimallashtirishga imkon beradi.

"Kvadrat metr" ekotizimi - bu VTB Guruhining innovatsion rivojlanish loyihasi, ko‘chmas mulk sohasida ochiq hamkorlik platformasidir. "Kvadrat metr" ning sheriklari qatorini ta'mirlash sohasidagi yirik rivojlanish kompaniyalari, banklar, ko‘chmas mulk agentliklari va servis kompaniyalari tashkil etadi. Ekotizim xizmatlari ko‘chmas mulkni qidirish va bitimlarni amalga oshirishdan tortib, to ta'mirlash va yangi xonadonga ko‘chishni tashkil qilishgacha to‘liq raqamli mijoz yo‘lini taqdim etadi. www.m2.ru

Mavzuga oid