Putin va Poroshenko 2015 yili do‘stona ohangda suhbatlashgani audiosi tarqaldi
Ukraina nashrlarida mamlakatning sobiq prezidenti Petro Poroshenko hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon suhbati ekani aytilayotgan audio tarqaldi. Audiodagi Putin va Poroshenko do‘stona ohangda gaplashgani eshitilgan.
Suhbat ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat avjiga chiqqan 2015 yilning 30 aprelida yozib olingani aytilmoqda. Unda Poroshenko Putinga omma oldida gapirgani kabi nafratini to‘kib solmagan va juda yumshoq gapirgan. Xususan, Ukraina sobiq prezidentining «Siz va biz mehnatkash odamlarmiz», «Qo‘lingizni siqib qolaman» deyishi ukrainaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, Putinning suhbat oxirida «Sizni quchoqlab qolaman» degani ham ko‘p muhokama qilingan.
Har ikki prezidentlar suhbat davomida haddan tashqari erkin gaplashgan va ular hatto hazil ma'nosida so‘kinib ham qo‘yishgan. Poroshenko suhbat davomida juda ko‘p kulgan. Shuningdek, sobiq prezident Putinga reytingi tushmayotgani va mamlakat ichidagi muammolarni hal qila olayotganidan faxrlanishini aytib «Har holda Ukraina prezidentligi uchun nomzodlar qatorlashib turgani yo‘q», degan. Putin esa bunga javoban «Nega endi, axir Ukraina chiroyli davlat bo‘lsa», deb hazil qilgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu audio bo‘yicha munosabat bildirdi. Uning aytishicha, aynan bunday mazmundagi suhbat bo‘lib o‘tganidan bexabar: «Bunday suhbatlar yopiq tarzda o‘tkaziladi, hayronman ular qanday yozib olishgan», degan Peskov.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024