Qo‘qon shahri va vodiydagi uch tumanga DSIning yangi boshliqlari tayinlandi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘iga ko‘ra Farg‘ona vodiysining to‘rt hududida davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Xursanjon Boratov Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Xursanjon Bahromovich Boratov 1972 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan, soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
X.Boratov bungacha Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. U 2019 yil noyabridan buyon Qo‘qon shahar DSI boshlig‘i bo‘lgan, 8 iyul kuni prezident videoselektorida ishdan olingan Muhiddinjon Turdiqulov o‘rnida ish boshladi.
Shuningdek, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Uchqo‘rg‘on tumanlarida, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida DSI boshliqlari o‘zgargan.
Hikmatilloxon Sotvoldiyev Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Hikmatilloxon Akmaldinxonovich Sotvoldiyev 1986 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini, 2015 yilda esa Soliq akademiyasini tamomlagan, soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
X.Sotvoldiyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lovozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U bu lavozimda 2019 yil aprelidan buyon ishlab kelgan Jasurbek Mashrapovni almashtirdi.
Shohrux Azbekov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shohrux Murotjonovich Azbekov 1978 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, 2006 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan, soliq xizmatining III darajali maslahatchisi hisoblanadi.
U bundan avval Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori bo‘lib ishlayotgan edi. To‘raqo‘rg‘on DSIga ko‘p yillardan buyon Davronboy Jamolov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Baxtiyorjon Dehqonov Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Baxtiyorjon Abdulbosidovich Dehqonov 1967 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 1993 yilda Toshkent davlat agrar universitetini «iqtisodchi-tashkilotchi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, soliq xizmatining III darajali maslahatchisi hisoblanadi.
B.Dehqonov bunga qadar Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U yangi lavozimda Mamadaliyev Jobirxon o‘rnini egalladi.
- 8 iyul kuni prezident ishtirokidagi videoselektorda Qo‘qon shahri va Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbarlari ishdan olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:18 / 26.11.2024
Qo‘qonlik tabib yana trendda – uning faoliyati haqida nimalar ma’lum?
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
23:02 / 13.09.2024
Qo‘qonda gaz to‘ldirish shoxobchasida turgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi
09:40 / 13.09.2024