O‘zbekiston | 14:33 / 12.07.2020
63582
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma'lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi 14ta yuridik texnikumlar uchun qabul ko‘rsatkichlari e'lon qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, yuridik texnikumlariga jami 3420 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 2310ta kvota kunduzgi, 1110ta kvota sirtqi ta'lim shakliga mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar yoki litsey va kollej bitiruvchilari hujjat topshirishi mumkin.

Abituriyentlarni qabul qilish Davlat test markazi o‘tkazadigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt («super-kontrakt») asosida ham talabgorlar o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

O‘qish muddati – 2 yil. Yuridik texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universitetiga test sinovlarisiz, suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, yuridik texnikumlar bitiruvchilari notarius yordamchisi, FHDYo bo‘limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, sudya yordamchisi va davlat ijrochisi kabi 89ta mutaxassislikda ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid