Kosovoning harbiy jinoyatlarda ayblangan prezidenti tergov berish uchun Haagaga keldi
24 iyun kuni Kosovodagi harbiy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha Haaga tribunalida Tachi yuzta qotillikda hamda ko‘plab qiynoqlar, odam o‘g‘irlash va ta'qiblarda gumon qilinayotgani aytilgandi.
Qisman tan olingan Kosovo Respublikasi prezidenti Hoshim Tachi tergov berish uchun Haagaga keldi: u harbiy jinoyatlar va mustaqillik uchun urush vaqtida insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Tergovchilar bilan suhbat boshlashdan oldin u jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.
«Hech kim tarixni qaytadan yozolmaydi... Bu sen ozodlik uchun to‘laydigan baho», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
24 iyun kuni Kosovodagi harbiy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha Haaga tribunalida Tachi yuzta qotillikda hamda ko‘plab qiynoqlar, odam o‘g‘irlash va ta'qiblarda gumon qilinayotgani aytilgandi.
Hoshim Tachi – Serbiyadan mustaqil bo‘lish uchun kurashgan Kosovo ozodlik armiyasi asoschisi. U 2016 yil boshida respublika prezidenti bo‘lgan. 1998-1999 yillardagi urush harakatlari natijasida sobiq Yugoslaviya hududida 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro
22:30 / 02.08.2024
Shimoliy Makedoniyada Kosovo prezidenti bilan mojaroli vaziyat sodir bo‘ldi
08:50 / 17.07.2024
Kosovo ozodlik armiyasi sobiq qo‘mondoni 18 yilga qamaldi
08:20 / 02.01.2024