Qozog‘istonda pandemiya qurbonlari xotirasiga motam kuni boshlandi
13 iyulda Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga motam kuni boshlandi. Shu munosabat bilan mamlakat bo‘ylab barcha ko‘ngilochar tadbirlar va OAVda ko‘rsatuvlar namoyishi bekor qilinadi.
Butun mamlakat bo‘ylab va diplomatik vakolatxonalar binolarida bayroqlar tushirib qo‘yiladi. Davlat tashkilotlari saytlari oq-qora tus olgan, soat 12.00 da butun mamlakat bo‘ylab bir daqiqalik sukut saqlash e'lon qilingan.
Qozog‘istonda umummilliy motam davlat arboblari va milliy qahramonlar vafoti hamda ko‘plab qurbonlarga olib keluvchi hodisalar munosabati bilan e'lon qilinadi.
Oxirgi haftada Qozog‘istonda koronavirusdan 111 kishi vafot etdi. Virusning jami qurbonlari soni 375 nafarga yetgan. Biroq bu PsR-tahlillar bilan tasdiqlangan holatlardir. Haqiqatda esa o‘limlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda mamlakatda odamlar koronavirus belgilariga o‘xshash, biroq koronavirusga tahlil natijasi manfiy chiqayotgan zotiljamdan vafot etishmoqda. Xuddi shunga o‘xshash vaziyat yuzaga kelgan Qirg‘izistonda hukumat nafaqat koronavirus, balki zotiljamga chalinish bo‘yicha ma'lumotlarni e'lon qilishga qaror qildi. Aniqlanishicha, bir sutkada zotiljamdan koronavirusdan 6-10 marta ko‘proq odamlar vafot etmoqda.
Ta'kidlanishicha, Qozog‘istonda oxirgi marta motam 2019 yil 28 dekabrda Olmaota yaqinidagi aviahalokat qurbonlari xotirasiga o‘tkazilgan. Umuman olganda, Qozog‘istonda mustaqillik yillari davomida 9-marta motam e'lon qilinmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 58 mingdan oshib ketdi.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024