O‘zbekiston | 17:36 / 14.07.2020
12110
2 daqiqa o‘qiladi

«Kuniga 20 mingdan ortiq test olinsayam kamlik qilyapti» - Habibullo Oqilov koronavirusga test olishdagi muammolar haqida

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirusga test olishdagi muammolar qay tartibda bartaraf etilayotgani haqida gapirdi.

«Pandemiya boshlangan paytda kuniga 3 mingta test olgan bo‘lsak, hozirgi paytda 22-24 mingta test qilinyapti. Markaziy SEOM va hududiy bo‘limlarida test olishga ruxsat berilgan.

Toshkent shahrida ish hajmi ko‘payib ketgani uchun viloyatlardagi SEOMga analiz qilish huquqi berilgan. Bu ham kamlik qilyapti. Yana 45ta PsR apparatlari xarid qilindi.

Bundan tashqari, 15ta shunaqa apparatlar olib kelinadi. Yaqin orada apparatlar yetishmovchiligiga barham beriladi. Ushbu testlarni oladigan mutaxassislar ham tayyorladik. Shuningdek, resurslari yetarli bo‘lgan xususiy laboratoriyalarga ham test qilishga ruxsat berildi», dedi Oqilov.

Shuningdek, PsR apparatida test olish jarayoni ancha murakkab va ko‘proq tajribani talab qilishi aytib o‘tildi. Bu yo‘nalishda malakali mutaxassislar yetishmasligi ham test olishdagi muammolarni keltirib chiqargan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida 1,4 milliondan ortiq test olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda 1 millionta test zaxirasi borligi haqida ma'lum qilgandi.

O‘zbekistonda test sinovlari yetarli darajada o‘tkazilyaptimi: dunyo davlatlari bilan qiyos

Mavzuga oid