Jahon | 08:37 / 16.07.2020
5550
3 daqiqa o‘qiladi

Noma'lum xakerlar AQShning taniqli shaxslarining Twitter sahifalarini buzdi

16 iyul kuni noma'lum xakerlar AQSh prezidentligiga demokratik partiya nomzodi Jo Bayden va boshqa qator taniqli insonlarning Twitter sahifalariga bir xil e'lonni joylashgan. Ular moliyaviy ehromlar ruhida bitkoinlarni ishlashni taklif qilgan. 

“Men jamiyatga qaytaraman. Quyidagi manzilga yuborilgan barcha bitkoinlar 2 hissada qaytariladi! Agar siz 1000 dollar yuborsangiz, 2000 dollar qaytaraman. Faqat 30 daqiqa ichida”, — deyiladi Bayden sahifasida.

Verguligacha o‘xshash bo‘lgan shu kabi xabar Tesla asoschisi Ilon Mask, milliarder va Microsoft asoschisi Bill Geyts, Amazon rahbari Jyeff Bezos, reper Ka Uest, shuningdek, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va taniqli reper Uiza Xalifa sahifalarida ham paydo bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, shu kunning o‘zida, statistikaga ko‘ra, e'londa ma'lum qilingan bitkoin manzilga 300dan ortiq tranzaksiya amalga oshirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 3-00da 321ta tranzaksiya amalga oshirilgan, Xususan, 12,3 bitkoin qabul qilinib, 5,8 bitkoin qaytarilgan. Bir bitkoin qiymati 9,2 ming AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa, taxminan 112 ming dollar o‘tkazilgani ma'lum bo‘ladi. Tranzaksiyalar soni ortib bormoqda. 

Shu bilan birga, Federal qidiruv byurosi mazkur hodisadan xabardor ekanligini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda ABC11 telekanali.

“Biz bir necha Twitter sahifalarining xavfsizligiga rahna solgan bugungi voqeadan xabarimiz bor. Sahifalar, katta ehtimol, kriptovaluta bilan firibgarlik qilish maqsadida buzilgan. Biz jamoatchilikni bu narsaga aldanib qolmaslikka hamda kriptovaluta yoki pul yubormaslikni tavsiya qilamiz”, - deyiladi FQB bayonotida. 

Twitter asoschisi va rahbari Jyek Dorsi ushbu voqeadan so‘ng bayonot berib, kompaniya nima sodir etilganini to‘liq o‘rganib chiqqach, batafsil ma'lumot berilishini bildirdi. Twitter texnik qo‘llab-quvvatlash markazi esa, sahifalarning aksariyati xavfsizlik muammosiga tekshirilgach, ayni chog‘da ulardan foydalanish mumkinligini e'lon qildi. 

“Biz uchun Twitterʼdagi qiyin kun. Bunday ish sodir bo‘lganidan o‘zimizni juda yomon his qilyapmiz. Biz muammoni o‘rganamiz va aynan nima ro‘y berganiga doir aniqroq ma'lumot bo‘lishi bilan sizlarga ma'lum qilamiz”, - deb yozgan Dorsi Twitter sahifasida.

Mavzuga oid