O‘zbekiston | 12:59 / 18.07.2020
25368
1 daqiqa o‘qiladi

Bugundan koronavirus alomatlari sezilgan bemorlar test tahlili natijalarisiz ham tibbiyot muassasalariga joylashtirilishi mumkin

Bugundan boshlab klinikalarga bemorlarni qabul qilish test sinamalarisiz amalga oshiriladi. Ya'ni endi bemor o‘zi murojaat qilganda yoki «Tez yordam» xizmati orqali unga test tahlili natijasisiz yordam ko‘rsatiladi.

Bu haqda bugun, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Feruza Hamroboyeva ma'lum qildi.

Feruza Hamroboyevaning ta'kidlashicha, bugun Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilgan. Mazkur yig‘ilishda Maxsus komissiya tomonidan koronavirusga topshirgan test tahlilining natijalari hali chiqmagan, biroq koronavirus alomatlari sezilayotgan fuqarolarni ham tibbiyot muassasalariga joylashtirish mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

«Bugundan boshlab klinikalarga bemorlarni qabul qilish test sinamalarisiz amalga oshiriladi. Ya'ni endi bemor o‘zi murojaat qilganda ham yoki «Tez yordam» xizmati orqali ham unga test tahlili natijasisiz yordam ko‘rsatiladi», - dedi Feruza Hamroboyeva.

Avvalroq Maxsus komissiya tomonidan uyda davolanayotgan bemorlar uchun bepul tarqatiladigan dori vositalari ro‘yxati va ularni qabul qilish tartibi haqida ma'lumot berilgan edi.

Mavzuga oid