Sport | 16:06 / 20.07.2020
5068
2 daqiqa o‘qiladi

«Buxoro» klubining 8 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. PFL klublar bilan vaziyatni muhokama qilmoqda

Superligada ishtirok etuvchi yana bir klubda koronavirus yuqtirib olgan futbolchilar aniqlandi.

«Buxoro» klubining 17 iyul, juma kuni koronavirusga topshirgan test natijalari ma'lum bo‘lgan. Unga ko‘ra, klubda 8 nafar futbolchining test natijasi musbat chiqib, ularning koronavirus yuqtirib olgani oydinlashgan. Klub vakillari Tribuna.uz saytiga bu xabarni tasdiqlashdi. Infeksiyaga chalingan ushbu futbolchilar alohida nazoratga olingan. «Buxoro»ning Superliga 10-turi doirasidagi 23 iyul kungi «Qizilqum» bilan uchrashuvi katta ehtimol qoldiriladi.

Kuni kecha «Paxtakor» klubining 5 futbolchisida virus aniqlangani haqida klub axborot xizmati ham ma'lumot bergandi. Shuningdek, Superliganing «Bunyodkor», «Surxon» klublarida, Pro-ligada esa «Dinamo» va «Xorazm» futbolchilarida koronavirus alomatlari aniqlangan edi.

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev yakshanba kuni Tribuna.uz saytiga ma'lum qilganidek, ayni daqiqalarda PFL Superliga klublari rasmiylari va bosh murabbiylari bilan Zoom orqali videokonferensiya o‘tkazib, chempionat bahslarini davom ettirish yoki qoldirish masalasini muhokama qilmoqda.

Mavzuga oid