Fan-texnika | 21:37 / 20.07.2020
9394
2 daqiqa o‘qiladi

OK blogida qo‘shni davlatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shuningdek, O‘zbekiston, Belarus va Moldova uchun media kitlar paydo bo‘ldi

Foto: Odnoklassniki

Odnoklassniki auditoriyasining metrikalari  marketologlarga  reklama kampaniyasini tayyorlash uchun zarurdir. Ba'zi mamlakatlardagi madaniy xususiyatlar ijtimoiy tarmoqlardagi kontentdan foydalanishga  sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun mahalliy metrikalardan boxabar bo‘lish juda muhim.

"Odnoklassniki" Rossiyadan tashqari, butun dunyoda ishlatiladi. OK ayniqsa, O‘zbekiston, Moldova, Gruziya, Qozog‘iston, Armaniston, Tojikiston, shuningdek Germaniya aholisi orasida ommalashgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq interfeysi mahalliy tillarga tarjima qilingan.

Qo‘shni mamlakatlar foydalanuvchilariga OK'da reklama qilishni rejalashtirishni osonlashtirish uchun OK O‘zbekiston Belarus va Moldova uchun media kitlarni ishlab chiqdik. Har bir hujjatda mamlakat  auditoriyasi haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, barcha ijtimoiy tarmoqlar uchun umumiy bo‘lgan foydalanuvchilar faoliyati to‘g‘risidagi metrikalar mavjud. Reklama vositalari mahalliy misollarda keltirilgan.

Endilikda, Insideok blogida mazkur mamlakatlardagi mutaxassislarga ma'lumot topishni osonlashtirish uchun qo‘shni davlatlar haqidagi ma'lumotlar ruknlari paydo bo‘ldi. Shuningdek, OK mutaxassislarni o‘zlarining mamlakatlaridagi SMM bo‘yicha keyslari va fikrlarini blog o‘quvchilari bilan baham ko‘rishga taklif qilamiz.

Mavzuga oid