Jamiyat | 15:00 / 20.07.2020
16202
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnologik tizim eksport qilindi

«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasida moyli xomashyolardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida kichik moy ishlab chiqarish modul sexlari yaratildi.

Hozirga qadar hech qayerda mavjud bo‘lmagan bunday sexlar kuniga 10 tonna xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega. Mazkur sexni 1 yoki 2 kishi boshqaradi.

Kichik ishlab chiqarish sexlar fermer va shaxsiy xo‘jaliklarda ishlatishga qulay, ixcham bo‘lib, kam miqdordagi urug‘larni ham samarali qayta ishlashda qo‘l keladi. Undan aholi va kichik tadbirkorlar bemalol foydalana oladi. Modul sex kichik quvvatli bo‘lgani uchun maxsus elektr tarmog‘ini talab etmaydi va aholi punktlari yoki fermer xo‘jaliklaridagi mavjud elektr quvvatidan foydalanish yetarli bo‘ladi.

Kichik ishlab chiqarish modul sexi konteynerga joylashtirilgan bo‘lib, zamonaviy ishlab chiqarish tizimlari bilan jihozlangan. Jumladan, sexga xomashyoni tozalash, maydalash, sovuq usulda presslash, filtrlash va keraklilik darajasiga qarab rafinatsiyalash va qadoqlash uskunalari o‘rnatilgan.

Uskunalarining 75 foizi mahalliylashtirilgan ushbu sex yordamida barcha turdagi moyli xomashyolar, jumladan, zig‘ir, kunjut, maxsar, kungaboqar, soya donlari hamda mevalar danaklari, uzum, poliz mahsulotlari urug‘lari qayta ishlanadi va turli xildagi moylar olinadi.

O‘simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan modul sexni xarid qilishga nafaqat mamlakatimizdagi ishbilarmonlar, balki xorijlik sarmoyadorlar ham qiziqish bildirmoqda. Jumladan, shu kungacha Afg‘oniston Islom Respublikasining «Balkh vegetable oil corporation», «Spinzar Kunduz corporation» kabi kompaniyalari bilan modul sexni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar imzolandi.

Yaqinda Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida o‘simlik moyi ishlab chiqaradigan mazkur modulli korxonani ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Afg‘oniston moliya vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Xodi Argandevol, Balx viloyati hokimligi va afg‘on ishbilarmon doiralari vakillari, shuningdek, mahalliy jurnalistlar ishtirok etdi.

– «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi mutaxassislari yaratgan 4ta modul sex bizning «Balkh vegetable oil corporation» kompaniyamiz tomonidan sotib olingan edi, – deydi Afg‘oniston Islom Respublikasi davlat ishlab chiqarish korxonalari departamenti bosh direktori Shafiqulloh Shaxrani. – Ushbu texnologik tizim biz kutgan natijani berdi, narxi ham hamyonbop. Bu esa, o‘z navbatida, boshqa kompaniyalarimizda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, Qunduz shahrida joylashgan «Spinzar Kunduz corporation» kompaniyasi ham 5ta modul sexni xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Yaqin kunlarda ushbu texnologik tizim kompaniyamizga yetkazib beriladi. Kelgusida ham Afg‘oniston va O‘zbekiston yog‘-moy sanoati o‘rtasida hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz, negaki bu hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatlidir.

Shu tariqa, O‘zbekiston yog‘-moy sanoati tarixida o‘simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, to‘liq sikldagi uskunalar bilan jihozlangan texonologik tizimlar eksport qilindi.

Sizda ham kichik moy ishlab chiqarish modul sexlarini xarid qilish va o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘yish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa, bizga murojaat qiling. Biz Siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

Aloqa uchun telefon: 97-428-19-02.

«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid