O‘zbekiston | 13:11 / 20.07.2020
5676
1 daqiqa o‘qiladi

«PZR laboratoriyasi dam olib ishlashi kerak» – Bosh vazir o‘rinbosari test javoblari kech chiqayotgani haqida

Xalqaro press klubning koronavirusga oid vaziyat tahliliga bag‘ishlangan sessiyasida Bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari koronavirusga olingan test javoblarining kech chiqayotganiga izoh berdi.

«Koronavirusga tekshirish uchun test olingach, javob 5 kundan keyin chiqishi holatlari kuzatilmoqda. Buning ham sabablari bor. Test juda ham ko‘p olinmoqda. PZR (polimer zanjir reaksiyasi) laboratoriyalari ham dam olib ishlashi kerak. Tekshirish uchun uzluksiz ravishda test qo‘yilsa, u ham ishdan chiqadi, ham javobda noaniqliklar bo‘ladi.

Toshkent shahrida hozirda 83ta, har bir viloyatda kamida 5ta PZR laboratoriyasi mavjud. Lekin so‘rov juda katta. Ilgari hududda test olinib, uning natijasi yana tekshirish uchun respublika laboratoriyasiga yuborilgan bo‘lsa, endi tumanlarning o‘zida test javoblari chiqarilmoqda», deya Musayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid