O‘zbekiston | 21:12 / 22.07.2020
5559
2 daqiqa o‘qiladi

Hozirgacha 4786ta maktab, 2895ta bog‘cha, 1729ta tibbiyot muassasasi tezkor internetga ulandi – AKT vaziri

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning ma'lum qilishicha, hozirgi kungacha respublika bo‘yicha 4786 ta maktab, 2895 ta bog‘cha, 1729 ta sog‘liqni saqlash muassasasi tezkor internetga ulangan.

«O‘tgan yil boshidan bugungi kungacha respublika bo‘yicha internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlarining umumiy soni 2,2 mln.ga yetkazildi, 7,8 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 44,4 ming km.dan oshdi.

Shundan 7,3 km optik tolali aloqa liniyalari 9410 ta ijtimoiy soha obektlariga tortilishi natijasida 4 786 ta maktab , 2 895 ta maktabgacha ta'lim va 1 729 ta sog‘liqni saqlash muassasasini tezkor internetga ulash imkoniyati yaratildi. Bu o‘z navbatida yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir», deya Shuhrat Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirning qayd etishicha, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida koreyaliklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodida yiliga 50 ming km. optik tolali kabel tayyorlanmoqda. Bu esa davlat dasturidagi rejalarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini bermoqda.

Mavzuga oid