Hukumat sement importini soddalashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi
Hukumatning «Tsement importini soddalashtirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatga binoan, import qilinadigan sementni erkin muomalaga chiqarishni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirishi amaliyoti joriy qilinmoqda.
Ta'kidlanishicha, sement respublika hududiga olib kirilgunga qadar import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yekt va jismoniy shaxs tomonidan ixtiyoriylik asosida uning namunalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi. Bunda mahsulotni erkin muomalaga chiqarish («IM 40» rejimiga o‘tkazish) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tegishli muvofiqlik sertifikati asosida amalga oshiriladi, bojxona qonuni hujjatlari buzilish xavfi belgilari aniqlangan holatlar esa bundan mustasno.
Tsement avval olib kirilgan va oxirgi 12 oy davomida bir ishlab chiqaruvchining sement mahsulotiga berilgan muvofiqlik sertifikati asosida (amal qilish muddatidan qat'i nazar) ushbu ishlab chiqaruvchining keyingi mahsuloti import qiluvchi tomonidan respublikaga olib kirilgan hollarda «Yagona darcha» bojxona axborot tizimida mahsulotni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organining ariza bo‘yicha qabul qilgan qarori davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mahsulotni erkin muomalaga chiqarishga asos bo‘ladi.
Bunda arizada ko‘rsatilgan miqdordagi sement sifati bo‘yicha davriy ravishda laboratoriya sinovlari amalga oshiriladi va natijalari bo‘yicha import qiluvchiga sinov bayonnomasi taqdim etiladi.
Har bir bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha ma'lumot sertifikatlashtirish organiga «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali yuboriladi va sement erkin muomalaga chiqarilganda sertifikatlashtirish organi bilan import qiluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida sementni xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi.
Laboratoriya sinovi natijasiga ko‘ra sement belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, bu haqda bir kuni muddatda sertifikatlashtirish organi tomonidan import qiluvchi, O‘zbekiston Qurilish vaziriligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi va «O‘zstandart» agentligiga xabardor qilinadi.
Belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan sementni olib kirgan import qiluvchi olti oy muddat davomida ushbu mahsulotni erkin muomalaga chiqarishda soddalashtirilgan tizimdan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.
«O‘zstandart» agentligi bir oy muddatda hukumatga quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini kiritadi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni olib kirganligi;
ichki bozorda sement mahsulotlarini chakana sotishda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarimalar qo‘llash.
Mavzuga oid
08:48
11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi
11:10 / 15.12.2024
O‘zbekistonga o‘tgan 10 oyda import qilingan elektromobillar soni ma’lum qilindi
10:23 / 13.12.2024
Import qilishda QQSni o‘zaro hisobga olish tartibini qo‘llash kengaytirildi
09:24 / 12.12.2024