Jamiyat | 10:54 / 23.07.2020
10408
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida quduqqa tushgan ikki nafar fuqaro hayoti saqlab qolindi

Quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli ularning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qolgan. 

Foto: FVV matbuot xizmati

 Toshkent viloyati Toshkent tumani «Bunyodkor» mahallasi Yangi zarbuloq ko‘chasida yashovchi A.A. ismli fuqaro o‘z xonadonining darvozasi yaqinida qurilgan oqava suv uchun mo‘ljallangan chuqurligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan quduqqa uning ichidagi yog‘ochlarni olib chiqish uchun tushgan.  

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli uning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qolgan. Unga yordam berish uchun tushgan fuqaro B.U.ning ham sog‘lig‘i yomonlashgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Shu vaqt quduq ichidan yordam so‘rab kelayotgan ovozni eshitgan fuqaro A.A.ning o‘g‘li qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.
 
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar quduq ichida hushini yo‘qotayozgan ikki nafar fuqaroni yuqoriga olib chiqib, ularga zarur yordamlarni ko‘rsatdi.
  
Shu tariqa ikki nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid