O‘zbekiston | 00:00 / 24.07.2020
62985
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qurbon bo‘lgan bir guruh mutaxassislar mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev 258 kishini koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida 6 nafar vafot etgan tibbiyot va boshqa sohalar vakillari ham bor.

23 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, mamlakatda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining matonati, bilim va salohiyati, professional mahoratini namoyon etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga yuksak e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq qolib, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yo‘lidagi ulkan jasorati va fidoyiligi uchun bir guruh fuqarolar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Mazkur ro‘yxatga 258 kishi kiritilib, ulardan 6 nafari vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan mukofotlangan:

– Jumaniyazova Zulfiya Yo‘ldoshovna (marhum)

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali nevrologiya bo‘limi katta hamshirasi;

– Nafasov Shavkat Nasirovich (marhum)

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;

 

– To‘xtayeva Feruza Asqarovna (marhum)

Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Toshkent shahri;

– Uralov Alisher Toshquvvatovich (marhum)

Yakkasaroy tumanidagi markaziy poliklinikasi ultratovush tashxisi shifokori, Toshkent shahri;

– Hamroqulov Botir Jabborovich (marhum)

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;

– Shamahmudov A'loxon Abzalovich (marhum)

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarlik qilgan videoselektor yig‘ilishida pandemiyani jilovlashda jasorat ko‘rsatgan fidoyilar taqdirlanishi, bu haqdagi farmon imzolagani ma'lum qilingan edi.

Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan mana bu yerda tanishish mumkin.

Mavzuga oid