O‘zbekiston | 17:30 / 26.07.2020
25596
1 daqiqa o‘qiladi

Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi feyk xabardan keyin Qoraqalpog‘istondagi saytlar xodimlari prokuraturaga olib ketildi

25 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning o‘limi to‘g‘risida feyk xabarlar tarqaldi.

Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istondagi mahalliy saytlar xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tungi soat 01:00lar atrofida olib ketilgani aytildi.

Ma'lum qilinishicha, Makan.uz (Lalagul Kallixanova), KRuz.uz (Iskander Yusupov) va Kar24.uz (Kumar Begniyazova) vakillarining telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan, bu xodimlar tungi soat 3:00 atrofida uylariga qaytishgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi rasmiy ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, yolg‘on xabarni e'lon qilgan va uni qoraqalpoq tiliga tarjima qilib o‘zining telegram kanallariga joylashtirgan sayt muharrirlari prokuraturaga chaqirilib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

«Hozirda bu bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid