O‘zbekistonliklarning o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma'lumot berildi
Ta'lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,9 mln so‘mni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2,5 mln so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichidan sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati – 30,4 foizga, ta'lim sohasi - 22,9 foizga sezilarli darajada past bo‘ldi. Shu bilan birga bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati - 13,7 foizga, axborot va aloqa sohasi - 62,2 foizga respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqoriligi kuzatildi.
Iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida 2019 yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o‘sishi kuzatildi. Ayniqsa bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyatida - 33,4 foizga, tashish va saqlash sohasida - 28,5 foizga sezilarli o‘sish kuzatildi.
Ta'lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,9 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 17,0 foizga oshgan.
Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan sezilarli yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahri - 39,6 foiz, Sirdaryo viloyati - 2,0 foiz, Toshkent viloyati - 0,2 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 0,2 foiz hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, 10 ta hududda ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan past ekanligi kuzatildi.
Respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan sezilarli past ko‘rsatkichlar Surxondaryo viloyati - 95,6 foiz, Xorazm viloyati - 92,0 foiz, Farg‘ona viloyati - 90,9 foiz, hamda Qashqadaryo viloyati - 88,7 foiz hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024