O‘zbekiston | 14:13 / 28.07.2020
9151
2 daqiqa o‘qiladi

Ehtiyojmand oilalar uchun hududlar kesimida tashkil etilgan Call markazlar to‘g‘risida ma'lumot berildi

Homiylik xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari qoshidagi Call markazlar faoliyati qanday olib borilishi ma'lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, ehtiyojmand oilalar 1197 raqami orqali Call markazga murojaat qiladi. So‘ng Call markazga kelib tushgan murojaatlar ma'lumotlar bazasiga kiritilib, markazlarga yuboriladi, u yerda murojaat egalari to‘g‘risida ma'lumotni mahalla fuqarolar yig‘inlariga jo‘natiladi. Murojaat egalari ehtiyojmand oilalarning ro‘yxati bilan taqqoslanib, oziq-ovqat yuborish uchun rozilik bildiradi va MFYda aniqlik kiritilib, murojaat egalariga oziq-ovqat mahsulotlari volontyorlar yordamida yetkazib beriladi.

Call markazlar to‘g‘risida ma'lumotlar (PDF)

Call markazlarga oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta'minlashga murojaat etish mumkin bo‘lgan oilalarning ro‘yxati quyidagicha:

ta'minot manbayi bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ajralgan, og‘ir kasallari bor, ko‘p bolali oilalar;

ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbayiga ega bo‘lmagan oilalar;

ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan qarindoshlari shug‘ullanayotgan oilalar;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;

14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;

mehnatga layoqatli a'zolari bo‘lgan, biroq ular hech qayerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo‘lgan (mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet elda ishini yo‘qotib qaytganlar va h.k.) va zarur yordamga muhtoj oilalar.

Mavzuga oid