Jondordagi yong‘in oqibatlari bartaraf etilib, iste'molchilar elektr ta'minotiga ulandi – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ
Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» AJga qarashli nimstansiyada kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilgan. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida uzilib qolgan elektr energiyasi ta'minoti to‘liq tiklangan.
«Tumandagi 110/35/10 kVli «Jondor» nimstansiyasidagi 10 000 kVA quvvatga ega transformatorda qisqa tutashuv yuz bergani natijasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in FVVligi yordamida to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Shu o‘rinda yong‘in natijasida tumanning 50 dan ortiq mahalla iste'molchilari vaqtinchalik elektr energiyasiz qolgani, ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan hodisa oqibatida elektr jihozlariga keltirilgan zarar bartaraf etilib, elektr energiyasidan uzilgan hududlar to‘liq qayta tarmoqqa ulanganini ta'kidlab o‘tish joiz», deya jamiyat axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq 29 iyul kuni elektr stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tumanning aksar qismi elektrsiz qolgani xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:49 / 21.12.2024
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rais tayinlandi
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024