Jamiyat | 12:49 / 30.07.2020
14118
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda fuqaro yuborgan fotosuratlari sabab tovlamachilik qurboni bo‘ldi 

Holat Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Tergov departamenti

Buxoroda fuqaro 31 yoshli G.B. (ayol) o‘zining tanishi, 21 yoshli K.J. (ayol) Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zining yoqtirgan yigitiga yuborgan shaxsiy fotosuratlarini yuborganligini ko‘rganligini, ushbu fotosuratlarni uning ota-onasi va boshqalarga ko‘rsatib, sharmanda qilishini aytgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, u K.J. uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilish bilan uni qo‘rqitib, 2020 yilning aprel oyidan 20 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida K.J.dan jami 3.700 AQSh dollari, umumiy bahosi 20.000.000 so‘m bo‘lgan 1 dona tillo zanjir, 3 dona ayollar tillo uzugi hamda 1 dona ayollar tillo ziragini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, joriy yilning 20 iyul kuni G.B. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, K.J.dan fotosuratlarini tarqatmaslik evaziga yana 1.000 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullardan 200 AQSh dollarini G‘ijduvon tumani Abadi qishlog‘ida olayotgan vaqtda G‘ijduvon tuman IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid