Jamiyat | 20:53 / 04.08.2020
7030
2 daqiqa o‘qiladi

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» imkoniyatlari kengaytirilmoqda

O‘zbekistonda 2020 yilda 7ta vazirlik va idoralar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» integratsiya qilinadi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimining maqsadi - elektron ma'lumot almashuvi orqali davlat  tomonidan aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatishning shaffof va odilona tizimini yaratish.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi imkoniyatlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish rejalashtirilgan:

  1. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota-ona to‘lovini to‘lashdan ozod etish (15 foizgacha).
  2. Maktab-internatlarda ota-ona to‘lovini to‘lashdan ozod etish (15 foizgacha).
  3. Umumta'lim muassasalarda darsliklarning ijara to‘lovidan, kuni uzaytirilgan guruhlarda ota-onalar to‘lovidan ozod etish va qishki kiyim-bosh to‘plami bilan bepul ta'minlash.
  4. Umumta'lim maktablarini bitirganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan to‘liq davlat ta'minotidagi bolalar ro‘yxati reyestrini yaratish.
  5. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida to‘lovdan ozod etish (15 foizgacha).
  6. Oliy ta'lim muassasalarida grant asosida o‘qitish uchun (o‘rganilmoqda).
  7. "Uy-joy sotib olish uchun davlat tomonidan subsidiya ajratilishi lozim bo‘lgan kam ta'minlangan aholining ro‘yxatini shakllantirish.
  8. Kam ta'minlangan oilalarga davlat tomonidan beriladigan boshqa ijtimoiy himoya turlari.
  9. Tibbiyot muassasalarida pullik xizmatlardan bepul foydalanish.
  10. Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish pulidan ozod etish.
  11. Bepul yuridik (advokat) xizmatlarini ko‘rsatiladigan shaxslarni aniqlash.
  12. Kam ta'minlangan oilalarning nogiron a'zolarini protez-ortopediya buyumlari bilan ta'minlash.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi 2019 yilning 1 oktyabridan Sirdaryo viloyatida ijtimoiy nafaqalarni to‘lash jarayonida tajribadan o‘tkazildi.

2019 yilda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi bilan 9ta vazirlik va idoralar integratsiya qilingan hamda 2020 yilda yana 7ta vazirlik va idoralar integratsiya qilinadi.

Mavzuga oid