Honda uch oyda 764 mln dollar zarar ko‘rdi
Honda avtomobil bo‘linmasi aprel-iyunni 195,89 mlrd iyen operatsion zarar bilan yakunladi – bir yil ilgari esa 120,38 mlrd iyen foyda bilan chiqqandi.
Yaponiyaning Honda Motor avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi koronavirus pandemiyasi sababli savdo hajmi tushib ketishi oqibatida yilning ikkinchi choragini zarar bilan yakunladi.
Kompaniya hisobotida aytilishicha, u aprel-iyun davomida 80,87 mlrd iyen (764,9 mln dollar) zarar ko‘rgan. O‘tgan yilning shu davrida esa 172,3 mlrd iyen sof foydaga erishgan.
Kompaniyaning choraklik aylanmasi 47 foizga, 2,124 trln iyengacha tushib ketgan.
Honda avtomobil bo‘linmasi aprel-iyunni 195,89 mlrd iyen operatsion zarar bilan yakunladi – bir yil ilgari esa 120,38 mlrd iyen foyda bilan chiqqandi. Motosikllar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasining operatsion daromadi esa 84 foizga, 11,20 mlrd iyenga tushib ketdi.
Kompaniya Shimoliy Amerika va Yaponiya bozorlarida eng ko‘p zarar bilan chiqqan.
Mavzuga oid
20:28
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
15:51 / 07.11.2024
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda
08:20 / 13.09.2024
Qishloq xo‘jaligiga bir oyda 77 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
07:55 / 25.06.2024