Jamiyat | 08:09 / 05.08.2020
13487
2 daqiqa o‘qiladi

IIBB tilanchilik qilayotgan qizlarning ushlanishi bilan bog‘liq videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq videotasvir tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan ma'lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 2020 yilning 3 avgust kuni taxminan soat 12:30larda PPX brigadasi 3-batalon 5-otryad xodimlari, safdorlar B.Mirzahakimov va A.Xudoyberdiyevlar Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov ko‘chalarining kesishmasidagi chorrahada xizmat olib borayotgan vaqtida, chorrahada ikki nafar qizlar tilanchilik qilayotganligini aniqlashgan

Bildirilishicha, ushbu qizlar o‘zining xatti-harakatlari bilan yo‘lning serqatnov qismida avariyaviy holatni yuzaga keltirib, transport vositalari haydovchilariga xalaqit berishgan.

Qizlarga o‘rnatilgan qonun-qoidalarni buzayotganligi tushuntirilib, ulardan yaqin oradagi Yunusobod tumani IIO FMB 2-sonli IIBga borishlari so‘ralgan. Biroq, 18 yoshli S.E. va 19 yoshli Sh.A. xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilishgan va atrofdagi odamlarning diqqatini tortish maqsadida shovqin ko‘tarishgan. Natijada xodimlar qo‘shimcha kuchlarni chaqirib, ushbu qizlarni IIBga olib kelishgan.

Profilaktika inspektori K.Jo‘rayev ushbu fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib borib, tilanchilik qilganlik uchun javobgarlik belgilanganligini ma'lum qilgan. Ular tomonidan bu holat birinchi marotaba sodir etilayotganligi sababli qizlarga ogohlantirish berilgan, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid