O‘zbekiston | 11:05 / 05.08.2020
6914
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishning oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratildi

Ushbu innovatsion texnologiya Shveytsariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat

O‘zbek to‘qimachilari 100 foiz paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladilar. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» xabar berdi.

Qayd etilishicha, paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfini oldini oladi.

Loyiha tashabbuskori «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi Cotton Road qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning SHT GmbH va Shveytsariyaning CHT Switzerland AG kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi HeiQ Viroblock innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakterial texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlab tizimidir.

Kumush ionlari bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan viruslarni jalb qiladi va darhol ularning oltingugurt guruhlariga bog‘laydi, keyin vezikulyar tarkibiy qism virusni yo‘q qiladi. Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Ushbu innovatsion texnologiya Shveytsariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Mavjud amaliyot shuni ko‘rsatganki, paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

havoni yaxshi o‘tkazishi tufayli bunday kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlab, ortiqcha issiqlikni olib tashlashni ta'minlab, uzoq muddatli qulay ishlashni ta'minlaydi;

qayta foydalanish imkoniyati tufayli 5-7 martadan ko‘proq moliyaviy tejashni ta'minlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori;

mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid