O‘zbekiston | 08:29 / 05.08.2020
6601
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bionik ko‘zlarning yangi avlodini implantatsiya qilish texnologiyasi yaratilishi mumkin

Ko‘z setchatkasini degenerativ va tomirlari kasalliklarida ko‘rish funksiyalarni qisman tiklash maqsadida retinal protezlarni qo‘llash O‘zbekistonda nogironlik darajasini kamaytirishga imkon beradi. 

Foto: Fotolia / romaset

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Tibbiyot fanlari bo‘yicha” Ilmiy texnik kengashning navbatdagi onlayn majlisida vazirlik tomonidan e'lon qilingan tanlovlarga topshirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi innovatsion va amaliy loyihalar tanlovining 1-12-turlari qayta e'loniga kelib tushgan amaliy loyihalar taqdimoti va muhokamasi o‘tkazildi. 

Unga ko‘ra, ushbu tanlovda e'lon qilingan “Bionik ko‘zlarning yangi avlodini implantatsiya qilish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ham muhokama qilindi. Ko‘z setchatkasini degenerativ va tomirlari kasalliklarida ko‘rish funksiyalarni qisman tiklash maqsadida retinal protezlarni qo‘llash O‘zbekistonda kam ko‘rish, ko‘rlik va ko‘rish bo‘yicha nogironlik darajasini kamaytirishga imkon beradi. 

Ushbu mavzu bo‘yicha qilinadigan loyiha ko‘zning tomirli qobig‘i va setchatkaning degenerativ kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda sun'iy ko‘rishni ta'minlash maqsadida respublikada ilgari qo‘llanilmagan yangi avlod Argus II retinal protezni implantatsiyasi bilan mikroxirurgik aralashuvning yangi texnologiyasini tatbiq etishga yo‘naltirilgan. 

Loyiha noyob, innovatsion bo‘lib, respublika va Markaziy Osiyoda qaytarib bo‘lmaydigan ko‘rlik muammosining hozirgi holatini yaxshilashga imkon beradi.

Loyiha bo‘yicha Kengashning tegishli qarori qabul qilindi va vazir hay'atiga topshirildi, deyiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi xabarida. 

Mavzuga oid